3-mavzu: Modul 1–2 metodikasi — insonparvarlik va hurmatni darsga integratsiya qilish

Trening turi: Namuna dars + tahlil + mikro-dars (60 daqiqa)

Auditoriya: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari

Format: Interaktiv (nazariy + amaliy)

 

Maqsad: Ishtirokchilarga Insonparvarlik va Hurmat qadriyatlarini dars jarayoniga metodik jihatdan to‘g‘ri integratsiya qilish yo‘llarini o‘rgatish: maqsadni indikatorlar bilan bog‘lash, faoliyatni loyihalash va baholashni tashkil etish.

Kutilayotgan natijalar

Ishtirokchi:

-MODUL 1–2 ning qadriyat–indikator–faoliyat–baholash zanjirini tushuntiradi;

-kognitiv, emotsional va xulqiy komponentlarni ajrata oladi;

-dars dizaynini aksiologik model asosida loyihalaydi;

-mikro-dars ssenariysini yaratadi.

 

Dars tuzilmasi va ssenariy

1-bosqich. Namuna dars (20 daqiqa)

Metod: Video namoyish + kuzatish jadvali

Trener faoliyati:

-MODUL 1 (Insonparvarlik) bo‘yicha 7 daqiqalik video darsni ko‘rsatadi.

Kuzatish jadvalini tarqatadi: Maqsad – Indikator – Faoliyat – Baholash.

Ishtirokchi faoliyati: Videoni tahlil jadvali asosida kuzatadi.

 

2-bosqich. Tahlil va muhokama (20 daqiqa)

Metod: Klaster + savol-javob

Savollar:

1.     Qaysi qadriyat markazda?

2.     Qaysi indikatorlar ishladi?

3.     Qaysi faoliyat qadriyatni shakllantirdi?

4.     Qanday baholandi?

Trener xulosasi: Aksiologik dars dizayni formulasi: Qadriyat - Indikator -Faoliyat - Baholash

 

3-bosqich. Mikro-dars loyihalash (20 daqiqa)

Metod: Guruhiy loyiha

Topshiriq:

-Guruhlar MODUL 2 (Hurmat) bo‘yicha 10 daqiqalik dars ssenariysi tuzadi.

-Majburiy elementlar: maqsad, indikatorlar, faoliyatlar, baholash.

Trener faoliyati: Konsultatsiya beradi, mezonlar bo‘yicha yo‘naltiradi.

 

Baholash

-Mikro-dars sifati

-Indikatorlarga moslik

-Aksiologik izchillik

Resurslar

Video dars

Kuzatish jadvali

Mikro-dars shabloni

 

Trener uchun eslatma

Har bir darsda qadriyatni aniq nomlang

Faoliyatni his (emotsiya) bilan bog‘lang

Baholashni faqat bilim emas, qadriyat bo‘yicha ham qiling